Galaxy AI yordamida kontentni uzilishlarsiz tomosha qiling
Samsung Browser yordamida ish davomida qurilmalaringizni almashtirish imkoniyatidan foydalaning. Mobil qurilma yoki shaxsiy kompyuterda bo'lsin, qolgan joydan ravon davom ettirishingiz mumkin. Galaxy AI bilan bir nechta sahifalardagi ma'lumotlarni osonlik bilan ko'rib chiqing va kerakli ma'lumotlarni osonroq toping.
Qulay ko'rib chiqish usuli
Qanday qilib Galaxy AI internetdan foydalanish tajribangizni takomillashtirishi haqida bilib oling. Tashrif buyurayotgan sahifalaringiz haqida savollar bering va ularning qisqa mazmuniga yoki tanlangan tillardagi tarjimasiga ega bo'ling. Shuningdek, Samsung Browser sahifalar va yangiliklarning asosiy ma'lumotlarini og'zaki o'qishi yoki boshqa ko'plab imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin.
1,2
Xavfsizlikda bo'ling. Xavotirlarsiz foydalaning
Samsung Browser sizga maxfiy rejim, biometrik ro'yxatdan o'tish va reklama bloklagichi yordamida Internetdan foydananishingizda xavfsizlik va ishonchlilikni ta’minlaydi. Samsung Galaxy foydalanishdagi intellektual himoya kabi xavfsizlik va maxfiylik vositalari yordamida sahifalarni xavfsiz ko'rishi ta’minlanadi.
Veb sahifalardan foydalanish tajribangizni yanada qulaylashtiring
Barcha Galaxy qurilmalaringizdagi brauzerda barqaror va unumli ishlashdan zavq oling. Mobil qurilmadan kompyuteringizga o'tganingizda ishni qolgan joyidan davom ettirishingiz mumkin. Galaxy apparat ta’minotini optimallashtirish bilan ta’minlangan uzoqroq ishlash vaqti tufayli brauzerda ishlashni yanada optimallashtiring.3
Brauzeringizni didingizga ko'ra sozlang
Oynani o'zingizga moslashtirish orqali brauzerdan foydalanish tajribangizni yanada qulaylashtiring. Menyu va manzil maydonini o'zingiz istagan joyga ko'chirib o'tishingiz mumkin.4
Aqlli funksiyalar, aqlli foyalanish
Veb sahifalardan foydalanishni yanada qulaylashtiradigan foydali funksiyalarni kashf eting — video yordamchi, sozlamalar menyusi, tezkor kirish va boshqalar. Siz videolarni to‘liq ekranda tomosha qilishdan zavqlanishingiz va sevimli veb-sahifalaringizni darhol ochishingiz mumkin.
Brauzeringiz haqida batafsil bilib oling
Bir ko'rishdagilar bilan o'zingizni cheklamang. Foydalanishdan maksimal foydaga erishish uchun quyidagi bilag'onlar tavsiyalari bilan tanishing.
Veb sayti orqali avtomatik tarzda kirish
*Samsung orqali veb-kirish faqat Android 7.0 yoki undan keyingi versiyalarida ishlaydigan biometrik autentifikatsiyani qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalarda mavjud va Samsung hisob qaydnomasi hamda Samsung Pass xizmatiga tegishli shartlar va qoidalarni qabul qilingandan keyin ishlatilishi mumkin. Samsung Browser orqali veb-kirish haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi saytga kiring www.samsung.com/uz_uz/apps/samsung-pass/
Uskunalar paneli
Video yordamchi
Menyuni sozlash
Samsung Browser kengaytmalari
Ko'p Beriladigan Savollar
-
Qanday qurilmalar Samsung Browser-ni qo'llab-quvvatlaydi?Samsung Browser Android operatsion tizimli smartfon va planshetlarda, shuningdek, Windows operatsion tizimli shaxsiy kompyuterlarda mavjud. Ko'rish ma’lumotlarini qurilmalararo sinxronlash uchun Samsung hisob qaydnomasi bilan kirish talab etilishi mumkin.8
-
Samsung Browser-dagi Video yordamchi funksiyasi nima?Video yordamchi funksiyasi foydalanuvchilarga onlayn videolarni tomosha qilishda ko‘proq imkoniyatlar beradi. Veb-sahifaga qarab, u to‘liq ekran rejimi, qalqib chiquvchi pleyer va sensorli imo-ishoralar yordamida yorqinlik yoki tovushni boshqarish kabi imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.9
-
Samsung Browser-dagi Tezkor kirish funksiyasi nima?Tezkor kirish - bu Samsung Browser ishga tushirilganda eng ko‘p tashrif buyurilgan veb-saytlarni ko‘rsatadigan funksiya. U foydalanuvchilarga qayta qidiruvga murojaat qilmasdan sevimli sahifalariga tezda qaytishga yordam beradi. Hatto Samsung hisob qaydnomangiz yordamida boshqa qurilmada biriktirilgan papkalar va fayllar kabi Tezkor kirish elementlarini ko‘rishingiz yoki qo‘shishingiz mumkin.
-
Smartfonda brauzerdan foydalanishni shaxsiy kompyuterda davom ettirishim mumkinmi?Ha, Samsung Browser foydalanishni turli qurilmalarda qayta tiklash imkonini beradi. Siz sahifani o'qishni smartfonda boshlab, shaxsiy komyuteringizda osonlik bilan davom ettirishingiz mumkin.
-
Qurilmalar o'rtasida Samsung Browser faoliyatini sinxronlash uchun nimalar talab etiladi?Samsung Browser-ni mobil qurilma va shaxsiy kompyuterlar orasida sinxronlash uchun ikkala qurilmaga ham bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan kiring. Turli qurilmalarda brauzerda ishlashni davom ettirish uchun Wi-Fi va Bluetooth aloqasini yoqish hamda "Boshqa qurilmalarda ilovalar bilan ishlashni davom ettirish" funksiyasini faollashtirish talab etiladi.
-
Samsung Browser-da maxfiylik boshqaruv paneli nima?Maxfiylik boshqaruv paneli bloklangan kuzatuv vositalari, maxfiylikni himoyalash vositalari va sahifalarni ko‘rish xavfsizligi sozlamalari haqida real vaqt rejimida ma’lumot beradi. U sizga ma’lumotlar himoyasini nazorat qilishingiz va boshqarishingizda yordam beradi.
-
Samsung Browser-dagi "Maxfiy rejim" nima?"Maxfiy rejim" — bu Samsung Browser-dagi maxfiy ko‘rish rejimi. Maxfiy rejimdagi barcha sahifalar yopilgandan keyin cookie fayllar va brauzer tarixi o‘chirib tashlanadi va saqlangan elementlar faqat shu rejimda qoladi.
-
Qanday qilib Samsung Browser reklama va kuzatuv vositalarini bloklaydi?Shaxsiy kompyuter uchun Samsung Browser Smart Anti-Tracking va kontent blokerlarini qo‘llab-quvvatlash kabi oldindan o‘rnatilgan maxfiylik himoya funksiyalari bilan jihozlangan. Bu vositalar reklamalar sonini kamaytirishga va uchinchi tomon kuzatuv vositalarining foydalanish ma’lumotlarini to‘plashining oldini olishga yordam beradi. Android operatsion tizimi uchun Samsung Browser ham o‘rnatilgan Smart Anti-Tracking funksiyasiga ega, ammo reklamani bloklash uchun Samsung brauzeriga mos keladigan uchinchi tomon ilovasini o‘rnatish talab etiladi.
-
Samsung Browser-da qanday Galaxy AI funksiyalari mavjud?Samsung Browser-da "Ask AI" "Xulosa olish" "Tarjima" va "Belgilangan matnni og'zaki o'qish" kabi Galaxy AI funksiyalari mavjud. Ushbu uskunalar veb sahifalar mazmuni haqida savol berish, qisqacha xulosalar olish, sahifalarni tarjima qilish va ajratilgan matnni tinglash imkonini berib, internetdan foydalanishni osonlashtiradi.10,11,12
-
Samsung Browser-da Galaxy AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladimi?Ha. Samsung Browser-da ayrim Galaxy AI funksiyalaridan foydalanishda qurilmalar orasidagi ma’lumotlar sinxronlanishi uchun Samsung hisob qaydnomasi bilan kirish talab etiladi.
- Samsung Browser Android Q yoki undan keyingi versiyadagi operatsion tizimli qurilmalarda qo'llab-quvvatlanadi.
- Qurilma va ekran tasvirlari namuna maqsadida modellashtirilgan.
- Ayrim sun'iy intellekt funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi.
- Galaxy AI funksiyalarining mavjudligi mintaqa/mamlakat, OS/One UI versiyasi, qurilma modeli va mobil aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
- Samsung Browser-da "Ask AI" funksiyasidan foydalanish uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Xizmat 29.0.4 va undan yangi versiyali Samsung Browser-da mavjud. Mavjud funksiyalar va imkoniyatlar mamlakat, mintaqa va tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Ko'rib chiqish yordami funksiyasidagi Xulosa olish funksiyasidan foydalanish uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim pullik veb sahifalarda xizmat cheklanishi yoki qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin. Belgilar soni bo'yicha cheklovlar mavjud. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Ko'rib chiqish yordami funksiyasidagi Tarjima funksiyasidan foydalanish uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklab olish talab etilishi mumkin.
- Ko'rib chiqish yordami funksiyasidagi "Belgilangan matnni og'zaki o'qish" funksiyasidan foydalanish uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklab olish talab etilishi mumkin. Ayrim pullik veb sahifalarda xizmat cheklanishi yoki qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin. Belgilar soni bo'yicha cheklovlar mavjud.
- So'nggi kirilgan veb sahifani ko'rishni boshqa qurilmada davom ettirish uchun ikkala qurilmaga ham bir xil Samsung hisob qaydnomasi yordamida kirilgan bo'lishi, Bluetooth funksiyasi yoqilgan bo'lishi hamda "Ilovalarda ishlashni boshqa qurilmada ruxsat berish" funksiyasi faollashtirilgan bo'lishi kerak.
- "Manzil maydonini quyida ko'rsatish" xususiyati mobil qurilmalar uchun faqat 16.0 va undan yuqori versiyalarda hamda planshetlar uchun 21.0 va undan yuqori versiyalarda taqdim etiladi.
- Cheklangan kirish xususiyatiga ega veb sahifalarda qalqib chiquvchi pleyerda tomosha qilish imkoniyati mavjud emas.
- Boshqa foydali kengaytmalarni Galaxy Store do'konida xarid qilishingiz mumkin.
- Sozlanadigan uskunaar paneliga qo'shimcha kengaytmalarni joylash mumkin.
- Samsung Browser Window 10 va undan keyingi OS versiyasiga ega shaxsiy kompyuterlarda qo'llab-quvvatlanadi.
- Samsung Browser-dagi Video yordamchi funksiyasi faqat Android OS qurilmalarida qo'llab-quvvatlanadi.
- "Belgilangan matnni og'zaki o'qish" funksiyasi faqat Android OS qurilmalaridagi Samsung brauzerlarida qo'llab-quvvatlanadi.
- Andorid OS qurilmalarida Samsung Browser-da Galaxy AI funksiyasining mavjudligi qurilma modeli va mintaqaga bog'liq.
- Shaxsiy kompyuterdagi Samsung Browser-da «Ask AI» funksiyasining mavjudligi mamlakat va mintaqaga bog'liq bo'lishi mumkin.
- Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin. Tasvirlar modellashtirilgan.